G‘azo porti xavfsizligini Isroil ta’minlaydi – Bayden

Olam

image

Isroil falastinliklarga gumanitar yordam yetkazib berish uchun G‘azo sektoridagi vaqtinchalik faoliyat yuritadigan port xavfsizligini ta’minlashga tayyor. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Filadelfiyaga (Pensilvaniya) parvozi oldidan Vashington yaqinidagi Endryu harbiy bazasida jurnalistlarga ma’lum qildi.

Ushbu ob’ekt xavfsizligini kim o‘z zimmasiga olishni taklif qilmoqda, degan savolga Amerika rahbari: "Isroilliklar", deb javob berdi.

O‘z navbatida, Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda HAMAS xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlardan biriga aylanishi ehtimolini istisno qildi. Shu bilan birga, u Vashington HAMASni terrorchi tashkilot deb bilishini eslatdi. 

“Qo‘shma Shtatlar xavfsizlikni ta’minlashda HAMAS bilan ishlamaydi”, deydi Rayder. 

Bundan tashqari, u falastinliklarga dengiz orqali gumanitar yordam yetkazayotganda Amerika qo‘shinlari G‘azo sektoridagi qirg‘oqqa chiqmasligiga aniqlik kiritdi.

Ma’lumot uchun, Bayden 7 mart kuni AQSH Falastin anklaviga gumanitar yordam yetkazib berish uchun G‘azo sektorida vaqtinchalik port yaratishini ma’lum qildi. Amerika ma’muriyati gumanitar yordam dengiz orqali Kiprdan G‘azoga yetkazilishini tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 mart kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kiprga tashrifi chog‘ida G‘azo sektoriga yordam yetkazib berish uchun dengiz gumanitar koridori ochilishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Jo Bayden G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made