G‘azo markazida Isroil havo hujumi oqibatida 5 yashar qiz halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 27 yanvar kuni kechqurun Isroil kuchlari G‘azo sektori markazidagi Nuseyrat qochqinlar lagerida ot aravaga o‘q uzishi oqibatida besh yoshli qiz halok bo‘ldi, yana uch nafari yaralandi. Bu haqda Falastinning WAFA axborot agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, askarlar anklav shimolidagi uylariga qaytayotgan odamlarga qarata o‘t ochgan.

SAXAL matbuot kotibi esa Isroil askarlari “G‘azo sektorida joylashgan qo‘shinlarga tahdid solgan gumondorlarga qarshi harakat qilgani”ni iddao qilgan.

“G‘azo sektorining bir qancha hududlarida bir necha gumonlanuvchi SAXAL qo‘shinlariga yaqinlashib, ularga tahdid solayotgani aniqlandi. Qo‘shinlar ulardan uzoqlashish uchun o‘t ochishdi. G‘azo shimolida ular o‘zlariga tahdid solgan gumonlanuvchini aniqladi va ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Gumonlanuvchi uzoqlashmadi va u qo‘shinlarga xavf tug‘dirishni davom ettirgani uchun tahdidni bartaraf etish uchun qo‘shimcha o‘q uzildi", deyiladi xabarda.

Yana bir holatda esa Nusayrat qochqinlar lageri chekkasida uyushtirgan havo hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi. WAFA axborot agentligining xabar berishicha, hududda to‘xtab qolgan transport vositasini tortib olgan buldozerni nishonga olingan. Avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Isroil armiyasi matbuot xizmati Falastinning markaziy anklavidagi samolyotlar “o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga ko‘ra, o‘tishga ruxsat etilmagan hududga shimoldan harakatlanayotgan shubhali mashinalarga qarata o‘t ochganini” tasdiqladi.

Falastin anklavining ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 27 yanvar kuni 300 mingdan ortiq aholiga imkoniyat berilganidan keyin uning shimoliy tumanlariga qaytgan.

Ma’lumot uchun, Isroil, Falastinning HAMAS harakati, AQSH va Qatar vakillari 16 yanvar kuni kechqurun Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzolagandi.  O‘sha kuni kechqurun HAMAS birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Ular uch nafar shaxsdan iborat bo‘lgan. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan. 25 yanvar kuni sulh kelishuvining birinchi bosqichi doirasida asir almashishning ikkinchi raundida G‘azo sektorida saqlanayotgan to‘rt nafar isroillik ayol evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 200 nafar falastinlik ozod qilindi.

“The Washington Post” nashrining yozishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘ng qanot koalitsiyasidagi hamkorlariga HAMAS bilan sulhning birinchi bosqichidan so‘ng G‘azo sektorida harbiy operatsiyani qayta boshlashga va’da bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing