G‘azalkentda qotillikda gumonlanayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
3-sahifa
−
13 iyul 2023
11279Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida pichoqbozlik bo‘layotgani va mashina bagajida odam jasadi olib ketilayotgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, pichoqbozlik bo‘lgani aytilgan videoda G‘azalkent shahrida Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga olish jarayoni aks etgan. Ushbu guruh a’zolari Toshkent shahri Olmazor tumanida qotillik sodir etganlikda gumonlangan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat joriy yilning 26 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda ro‘y bergan.
"Hozirda jinoyat ishiga oid tezkor-qidiruv harakatlari davom etayotganini inobatga olgan holda, ishga oid boshqa ma’lumotlar oshkor etilmaydi", deyiladi rasmiy munosabatda.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr