“G‘azab va qayg‘uingizga sherikmiz”. Putin Makronga ta’ziya bildirdi

Olam

image

Moskva terrorizmga qarshi kurashda Parij va boshqa xorijiy sheriklar bilan eng yaqin hamkorlikka tayyor. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning fransuz hamkasbi Emmanuel Makronga yo‘llagan telegrammasida aytilgan. 

U "Fransiyadagi teraktlarning ayanchli oqibatlari munosabati bilan" Fransiya rahbariga hamdardlik bildirdi. 

"Ayniqsa, Cherkov devorlarida sodir etilgan shafqatsiz va jirkanch jinoyat favqulodda g‘azablantiradi. Biz yana bir bor aminmizki, inson axloqi tushunchasi terrorchilarga mutlaqo begona. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash butun dunyo hamjamiyatining sa’y-harakatlarini haqiqiy ma’noda birlashtirishini talab qiladi", deyiladi telegrammada.

Kreml xabarida ta’kidlanishicha, davlat rahbari Rossiya tomoni fransuz va boshqa xorijiy sheriklar bilan aksilterror faoliyatining barcha sohalarida eng yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirgan. 

Qayd etilishicha, Putin shuningdek, ruslar Fransiya xalqining g‘azabi va qayg‘usiga sherik bo‘lishlarini ta’kidlab, qurbonlarning oilalari va do‘stlariga eng samimiy hamdardlik so‘zlarini etkazishdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 oktyabr kuni Nitssa shahridagi Notr-Dam nomli mahalliy sobor yonida pichoq bilan qurollangan kishi odamlarga hujum qildi. Oqibatda uch kishi qurbon bo‘ldi. Ular orasida cherkov ruhoniysi ham bor.  Qurol bilan tajovuz qilgan shaxs qo‘lga olingan. 

Voqeani tekshirishga Fransiyaning Milliy aksilterror prokuraturasi jalb qilindi. Nitssa hujumidan ikki soat o‘tgach, yana bir tajovuzkor Avinon kommunasida ko‘chadan o‘tayotganlarni pichoq bilan qo‘rqitdi va politsiya patruliga hujum qilmoqchi bo‘ldi. Shu paytda qurollangan shaxs politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. 

Bundan tashqari, bugun Saudiya Arabistonining Jidda shahrida mahalliy aholi Fransiya konsulligi qo‘riqchisiga pichoq bilan hujum qilgan. Politsiya hujum qilgan shaxsni jinoyat joyida hibsga olgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Emmanuel' Makron Nitstsa

Baholaganlar

1752

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing