Gaz “zapravka”lari qachon odatiy ish tartibiga qaytishi aytildi

Jamiyat

image

Ob-havo harorati ko‘tarilib, qulay sharoit paydo bo‘lgach, respublikadagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari odatdagi ish tartibida ishlay boshlaydi. Bu haqda “O‘ztransgaz” ma’lum qildi.

“O‘ztransgaz” shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim “zapravka”larda tanish-bilishchilik qilinayotgan hamda ayrim avtotransportlarga metan gaz to‘ldirilayotgan holatlari bo‘yicha izoh berdi.

“Keyingi kunlarda O‘zbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayishi oqibatida tabiiy gazning iste’mol hajmi keskin oshib borishi kuzatilmoqda. Bunday holatda aholi, ijtimoiy ahamiyatga molik ob’ektlar va qozonxonalarni gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har qanday ulgurji iste’molchilar, xususan, AGTKSHlarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, cheklashlarga qaramasdan har bir viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda ayrim “zapravka”lar kunning ma’lum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha oraliqda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr ta’minoti korxonalari, obodonlashtirish boshqarmalari va aholiga propan to‘ldirilgan gaz balonlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning transport vositalariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 yanvar kuni avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz “zapravka”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing