Gaz “zapravka”larda “o‘yin”larga barham berish uchun alohida tizim joriy qilinadi

Jamiyat

image

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 1070 dan ziyod AGTKSH faoliyat yuritmoqda. Ularning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash uchun yetkazib berilayotgan gazning zarur hajmini aniq hisob-kitob qilish va ular har kuni avtotransportga quyilayotgan gazga oid ma’lumotlarning shaffofligiga asoslangan bo‘lishi lozim.

“AGTKSHda o‘tkazilayotgan tekshiruvlar davomida gaz o‘lchash uskunasiga AGTKSH egalariga “foyda” keltirishga xizmat qiladigan tashqi ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq holatlar aniqlanmoqda. Gazning bu tarzda talon-toroj qilinishi, shuningdek ayrim AGTKSHlarda mijozlarni jalb qilish uchun boshqalarga nisbatan narxlarni vaqtincha kamaytirish imkonini berib, bu esa avtotransport egalarida real narxlar borasida yanglish fikrlashiga olib keladi va iste’molchilarning asossiz noroziliklariga sabab bo‘ladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, siqilgan gaz sotilishi hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi transportirovka vaqtida olinayotgan va yuborilayotgan ma’lumotlarni aniq hisobga olish, gaz oqimi kirimi va chiqimini nazorat qilish imkonini bergani holda hisob jarayonida inson omilini bartaraf etishga xizmat qiladi.

“Bundan tashqari, ayniqsa, sovuq kunlarda uyi AGTKSH yaqinida joylashgan iste’molchilardan doimiy ravishda gaz bosimi kamayib ketayotganligi to‘g‘risida ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Gaz taqsimotini muvozanatlashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishi bilan mazkur muammo ham bartaraf etiladi”, deyilgan xabarda.

Avvalroq, 1 fevraldan O‘zbekistonda benzin narxi ko‘tarilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

421

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing