Gaz “zapravka”da navbatda turgan haydovchilar o‘rtasida janjal chiqdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida janjal ko‘targan shaxslar javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2 fevral kuni O‘zbekiston tumani "Dahanaqaqir" MFY hududida joylashgan avtomashinalarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida fuqarolar O.J. va  B.U. o‘rtasida kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Holatga O.J.ning yaqin qarindoshi O.T. ham aralashgan.

Mazkur holat shu yerda jamoat tartibini saqlayotgan tuman IIB xodimlari tomonidan bartaraf etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

9 fevral kungi sud-tibbiy ekspertiza xulosasida ushbu fuqarolarning har birida yengil shikastlar toifasiga kiruvchi jarohatlar aniqlangani sababli, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan va jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dang‘ara tumanidagi gaz “zapravka”da sodir bo‘lgan janjal oqibatida 23 yoshli yigit vafot etgan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

Teglar

janjal Farg'ona zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing