Gaz va “svet”dan davlatga yetkazilgan zarar miqdori ochiqlandi

3-sahifa

image

2025 yilning boshidan buyon o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 1094 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish hamda qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 1094 ta tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatida davlat manfaatlariga jami 471,2 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Qolaversa, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 1788 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab joriy yilning 1 may kunidan boshlab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani va endilikda kompensatsiya faqat qish mavsumi (noyabr–fevral)da emas, har oyda to‘lab berilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing