Gaz va neft mahsulotlari bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilyapti
Jamiyat
−
07 avgust 2019
4291O‘zbekistonda ayrim tashkilotchilar o‘zlarining hamkorlari – iste’molchilarni aldash va talon-taroj qilish orqali rivojlanishga harakat qilyaptilar.
Bunday holatlar, jumladan, “O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlari va gazni o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berilishini o‘rganish bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22 iyulida Toshkent viloyati hududida o‘tkazilgan tekshirishlarda qator jiddiy qonunbuzarliklar fosh etildi.
Misol uchun, Chinoz tumanidagi “Paxta neft bazasi” MCHJ tomonidan fermerlarga yoqilg‘i taqsimlash paytida 81 ming 365 litr kamomad yuzaga kelganligi, shuningdek, ortiqcha 140 litr EKO dizel yoqilg‘isi mavjudligi aniqlangan. Hisobotlardagi ma’lumotlar va dizel yoqilg‘isini amalda qo‘llash o‘rtasida 854 ming 730 litr nomuvofiqlik paydo bo‘lgan. Shuningdek, texnik va metrologik singari boshqa kamchiliklar ham aniklandi.
Agar iste’molchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish borasida aniq dalillarga murojaat etadigan bo‘lsak, Oxunboboyev nomidagi FYOTP №13 12 ming 235 litr, FYOTP №11 51 ming 209 litr, H.Olimjon nomidagi FYOTP №41 7 ming 130 litr, Toshovul nomli FYOTP №36 10 ming 791 litr yoqilg‘i kamomadiga yo‘l qo‘ygan.
Fermerlarga yoqilg‘i tarqatish punktlarida aniqlangan ortiqcha EKO dizel yoqilg‘ilari haqida gap ketganda, bunday holatlarga Abay nomidagi FYOTP №22 (63 litr), Ulug‘bek nomidagi FYOTP №8 (77 litr) yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgan.
Talon-taroj etish orqali boyish faktlari O‘rta Chirchiq tumani hududida o‘tkazilgan tekshirishlar jarayonida ham aniqlandi. Jumladan, “Kuchlik neft bazasi” MCHJ fermerlarga yoqilg‘i taqsimlash punktida ekologik toza dizel yoqilg‘isi kamomadi 200 litr, AI-80 markali benzin kamomadi 8 ming 190 litrni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bu yerda 8 ming 44 litr ortiqcha dizel yoqilg‘isi mavjudligi aniqlanib, mazkur turdagi yoqilg‘ining haqiqiy ta’minoti va hisobotlardagi raqamlar o‘rtasidagi farqi 40 ming 5 litrni tashkil etishi aniqlandi.
Tekshiruvlar vaqtida xuddi shunday qonunbuzarliklarga “Turon” FYOTP - №1, “Navbahor” FYOTP №20, Mirzo Ulug‘bek nomli FYOTP №37 hamda “Achamayli” “Achamayli” №77 da yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Ayni bir vaqtning o‘zida yoqilg‘i taqsimlash punktlarida saqlanayotgan neft mahsulotlarining sifati ham o‘rganilgan. Ushbu maqsadda olingan namunalar hozirgi kunda “O‘zneftgazinspeksiya” kimyo-nazorat laboratoriyalarida nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Qayd etish kerak, tabiiy gazdan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan sub’ektlarda bu borada qonunlarga rioya etilishini o‘rganishga qaratilgan nazorat tadbirlarini o‘tkazish ham muhimdir. Xususan, bu jarayonda beshta ulgurji iste’molchi gaz quvurlariga noqonuniy ulanib olgani aniqlandi.
Ushbu holatlar yuzasidan tezkor hisob-kitoblar olib borilib, qoidabuzarlar hisobiga 11 million 807 ming m3 tabiiy yozildi.
Olmaliq shahridagi “Fruit intensiv“ ohak ishlab chiqarish korxonasi ana shunday yirik huquqbuzarlardan biridir. Ushbu korxona gaz ta’minoti shoxobchasi bilan shartnoma tuzmasdan 1 million 323 ming m3 gazni noqonuniy ishlatgan. Xuddi shunday noqonuniy yo‘l bilan Yuqori Chirchiq tumanidagi “Sifat ohak biznes” ohak ishlab chiqarish korxonasida ham 501 ming m3 tabiiy gaz iste’mol qilingan.
Suyultirilgan gazni aholi uylari va ijtimoiy muassasalarga belgilangan tartibga muvofiq yetkazib berilishi yuzasidan ham jiddiy tahlil o‘tkaziladi.
Afsuski, bu borada ham qonunbuzarliklar aniqlandi. Xususan, “Toshkent viloyati buyicha gaz ta’minoti” mintaqaviy filialining “Bo‘ka gaz ta’minoti” bo‘limi faoliyati tekshiruvdan o‘tkazilganda, umumiy hajmi 170 ming 42 kg bo‘lgan maqsadga ko‘ra foydalanilmagan gaz ballonlari mavjudligi fosh etilgan.
Bundan tashqari, tekshiruv vaqtida ushbu bo‘limda 2019 yil yanvar-iyun oylarida iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berilishi paytida 2 ming 360 kg kamomadga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Shuningdek, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida iste’molchilarga gaz yetkazib berilgani to‘g‘risidagi hisobot varaqalarida imzolarni qalbakilashtirilgani ham taqqoslash yo‘li bilan aniqlandi. Ya’ni, aksariyat hollarda, uy egalari o‘rniga bo‘lim ishchilarining o‘zlari imzo chekkanlar. Bundan tashqari, 140 ming 740 kg suyultirilgan gazga doir hujjatlar hisobot hujjatlaridan yo‘qotilgan. Ya’ni, qo‘pol qoidabuzarliklar, shu jumladan hisobotni soxtalashtirish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Bunday soxta tadbirkorlar shu tarzdagi qonunbuzarliklar bilan boyish mumkin va ular hech qachon fosh etilmaydi, deb o‘zlarini ishontiradilar. Biroq, bunday bo‘lmaydi. Tekshirishlarda aholi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarning bank tizimiga yetib bermaslik faktlari ham aniqlandi. Gaz bo‘limlarining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylari mobaynida aholiga suyultirilgan gazni sotishdan olingan 71 mln so‘m yoki 13 ming 360 kg gaz haqqi “Xalq banki”ga to‘liq topshirilmagan.
Bu kabi jiddiy qonunbuzarliklarga nafaqat Toshkent viloyatida, balki Andijon, Samarqand, Xorazm, Namangan viloyatlarida ham yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, joriy yilning 24-25 iyul kunlari Andijon viloyati hududida neft mahsulotlaridan foydalanishning qonuniyligini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qator texnik nuqsonlar va kamchiliklar, kamomad va ortiqcha mahsulot mavjudligi kabi holatlar aniqlandi.
Joriy yilning 29-30 iyul kunlari Samarqand viloyati hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari ham natija berdi.
Bu yerda aholiga suyultirilgan uglevodorod gazining imtiyozli narxlarda aholiga yetkazib berish masalasi o‘rganildi. Tadbir vaqtida, suyultirilgan gazning asossiz chiqarib tashlanishi 312 ming 938 kg, mavjud maishiy gaz ballonlarida va maxsus avtotransport vositalarida va xisob-fakturalarda 23 ming 120 kg gaz ortiqcha gaz borligi, 5 ming 112 kg suyultirilgan gaz yetishmasligi aniqlandi.
Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tekshirishlar ham yuqoridagi kabi kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.
Misol uchun, “Shovot” GTPda texnologik yo‘qotishlarni hisoblash noto‘g‘ri qo‘llanilishi oqibatida 26 ming 560 kg suyultirilgan gaz asossiz ravishda hisobdan chiqarilgan. Nasos tizimiga 2 ta monometr o‘rnatilishi shart bo‘lgani holda, amalda 1 ta monometr o‘rnatilgan. Saqlagichlardagi suyultirilgan gaz miqdorini ko‘rsatuvchi o‘lchov asboblari mavjud emas. Natijada 2019 yil yanvar-iyun oylarida Yangibozor tumaniga yetkazib berilishi rejalashtirilganidan 17 ming 90 kg suyultirilgan gaz kam yetkazib berilgan. Oqibatda, aholining 854 uyi suyuq gazsiz qolgan. Shuningdek, asossiz ravishda 7 ta maishiy gaz ballonidagi 140 kg suyultirilgan gaz hisobdan chiqarilgan bo‘lsa, 8 ta maishiy gaz balonnidagi suyultirilgan gaz kamomadi 60 kg ni tashkil etgan.
Ushbu salbiy holatlar shunki ko‘rsatadiki, hozirda barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar halol va samarali mehnat ortidan daromad olishga harakat qilmayapti. Ammo, bunday harakatlar uchun jazo muqarrarligi shubhasiz.
LiveBarchasi