G‘avg‘o boshlandi. APL klublari Chempionlar ligasining yangi formatiga qarshi

Sport

image

Biroz avval YeCHL formati o‘zgarishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Xabarga ko‘ra, YeCHL uchrashuvlari dam olish kunlari o‘tkazilishi va har bir guruhda 4tadan emas, 8tadan jamoa bo‘lishi,  bundan tashqari, har bir jamoa 6ta emas, 14ta uchrashuv o‘tkazishi kerak.

Angliya Premer-ligasining 20ta klubi Chempionlar ligasining bu formatda o‘tishiga qarshi chiqmoqdalar. Negaki, shundoq ham tig‘iz taqvim bilan ishlaydigan APL klublari mavsum yakunida juda katta qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Yuqoridagi forimat 8 ta ortiqcha o‘yinni keltirib chiqaradi. Qolaversa, APLning deyarli 20 tadan ortiq turi hafta o‘rtasiga ko‘chirilishi kerak bo‘ladi. Bu esa translyatsiyalardan tushadigan daromadni keskin pasaytirib yuborishi mumkin.

Shu boisdan, APL bu formatga qarshiligi to‘g‘risida OAVga maxsus bayonot bilan chiqdi.

“Barcha ingliz klublarining fikriga ko‘ra, Yevropa futboli tashkilotlari bizning taqvim, tuzilma va ligamiz raqobatiga ta’sir qiladigan rejalar ishlab chiqishi noo‘rin.

Angliyada futbol madaniyat va insonlar hayotida muhim rolni o‘ynaydi. Millionlab muxlislar butun mamlakat bo‘ylab chempionlar o‘yinlariga tashrif buyurishadi. Bizning futbolda raqobat juda baland va biz buni himoya qilamiz” - deyiladi APL bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

APL EChL

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing