Roodell va Chery brendi Tiggo 8 Pro modeli egalarini yana xursand qildi

Biznes

image

Yoz poyoniga yetmoqda, Chery xaridorlari esa bu davrni uzoq vaqt eslab qoladi. Ayniqsa, 26 avgust kuni brendning WITH CHERY WITH LOVE tadbirida ishtirok etgan Tiggo 8 Pro egalari.

Chery kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Roodell kompaniyasi Tiggo 8 Pro egalarini xuddi shu rusumdagi avtomobilning boshqa xaridorlari bilan yaqindan tanishishi uchun Chorvoq Oromgohida to‘pladi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga nafaqat suv bo‘ylab sayohat, balki fleshmob doirasida bir vaqtning o‘zida uchta qayiq suvga tushirilib, Chery brendi ostidagi bayroqlar bilan suratga tushish imkoniyati ham berildi.

Fleshmobdan keyin mehmonlar yuqori malakali ustozlarning zumba darsida qatnashdi. Ishtirokchilar dastlab ajoyib musiqadan bahramand bo‘lishdi, keyin esa mazali issiq taomlardan tatib ko‘rishdi.

Bu safar Chery brendi o‘z “oilasi”ni eng energiyaga boy raqqoslarga lotereya berish orqali xursand qildi. Raqsdan so‘ng, plyaj voleyboli bo‘yicha haqiqiy chempionat tashkil etildi. Unda ishtirok etganlar ham munosib taqdirlandi.

Oqshom kirishi bilan shou DJʼning jo‘shqin musiqasi ostida davom etdi. Tadbir barcha ishtirokchilarda yorqin xotiralar qoldirdi. Roodell va Chery brendi o‘yin-kulgi, do‘stlik va iliq muloqotga to‘la yana bir unutilmas kun tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi.

Umuman olganda, ushbu tadbir nafaqat Tiggo 8 Pro rusumidagi avtomobil egalari uchun bir-birlari bilan tanishish va fikr almashish uchun ajoyib imkoniyat, balki ajoyib yozgi ta’til onlarini tuhfa etdi.

Xulosa o‘rnida shuni eslatib o‘tish joizki, O‘zbekistondagi Chery dilerlik tarmog‘ida bepul test-drayv xizmati mavjud.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun ishonch telefoni: +99871 276 55 55 yoki Telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.cheryauto.uz

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Chery Roodell Tiggo 8 Pro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing