Garvard va Oksfordda o‘qigan professor Samarqanddagi turizm universitetiga prorektor bo‘ldi
Jamiyat
−
15 may 2021
4451Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga professor Raymond Jozef Xoffman tayinlandi.
Raymond Jozef Xoffman – madaniy turizm va meros, shuningdek, dinshunoslik sohasida yuqori tajribaga ega bo‘lgan salohiyatli mutaxassis. U AQSHning Garvard, Buyuk Britaniyaning Oksford, Germaniyaning Geydelberg universitetlarida tahsil olib, MTS magistri, tarix va arxeologiya fanlari bo‘yicha doktorlik darajasiga ega bo‘lgan.
Shu bilan birga, u Buyuk Britaniyadagi Kembrij va AQSHning Kornell kabi dunyoning yetakchi universitetlarida ilmiy ishlar bo‘yicha boshqaruv lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Xoffman Osiyo jamiyati (UNESCO) tomonidan homiylik qilingan “Religions of the Silk Road. A History of Cultural Interchange from the Death of Alexander to the Islamic Renaissance” tadqiqot loyihalarida Oksford universiteti nashriyotida bosh muharrirlik qilgan. Uning muallifligi ostida 9 ta va muharrirligida 7 ta monografiya hamda 273 ta ilmiy, ensiklopedik maqola va sharhlar chop etilgan.