Garri Potterning tayoqchasi ustidan da’vo ochildi

Olam

image

AQSHda Garri Potterning tayoqchasidan yaralangan bolaning onasi Warner Bros. kinostudiyasiga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi

Gap shundaki, butun dunyoga mashhur filmning asosiy qahramoni Garri Potterga tegishli tayoqchaning nusxalari allaqachon bolalar o‘yinchog‘i shaklida sotuvga qo‘yilgan. 

AQSHda istiqomat qiluvchi Jessika Perri esa do‘kondan uchida kichik lampochka o‘rnatilgan ushbu tayoqning nusxasini sotib olgan va kichkintoylariga sovg‘a qilgan. Ularning kattasi tayoqchani silkitganida, o‘yinchoqning metall qismi uchib chiqib, kenja o‘g‘lining ko‘zini yaralagan.

Onaning so‘zlariga ko‘ra, bu og‘ir shikastlanishga olib keldi - uch yoshli bolaning to‘r pardasi yirtilib, ko‘z ichi suyuqligining bir qismi chiqib ketgan va bola bir nechta operatsiyalarni boshidan o‘tkazgan.

Perrining da’vosiga ko‘ra, bola nafaqat og‘riqli davolanishni, balki psixologik reabilitatsiyani ham boshdan kechirgan - u qorong‘ida uxlashdan juda qo‘rqadi. Bundan tashqari, u farzandining faol sport bilan shug‘ullana olmasligini ham aytgan.

Endi Perri kinostudiyani sudga berib, kamida 8 million AQSH dollari miqdorida tovon puli undirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, filmning ixlosmandlari uchun Angliyaning York shahridagi uylardan biri “Garri Potter” uslubida bezatilib, ijaraga berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Garri Potter Warner Bros

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made