“Garri Potter” serialining katta ekranlarga chiqish sanasi e’lon qilindi

Madaniyat-san’at

image

"Garri Potter" seriali 2026 yilda "Max  striming" xizmatida namoyish etiladi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Warner Bros. Discovery kompaniyasining bosh direktori Devid Zaslavning aytishicha, ayni paytda loyihani o‘z vaqtida amalga oshirishda jiddiy muammo yo‘q. "Garri Potter" kitobi muallifi Joan Rouling esa serial prodyuseri bo‘ladi. 

Aytilishicha, mualliflar va aktyorlarning ismlari noma’lum. Film  yetti fasldan iborat bo‘lib, har biri "Garri Potter" kitobiga asoslanadi. Ushbu qahramon muxlislari bu yangilikni xursandchilik bilan kutib olishdi: syujet va suratga olishda asar muallifi Joanning ishtirok etishi ham ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. 

Bu vaqt ichida yetti fasl qanday chiqishi aniq emas. WBD rahbarlari "G‘aroyib maxluqlar" (Potter spin-off ) serialdan o‘rin olmasligini ta’kidlashdi.

2023 yil 12 aprelda Amerikaning premium televideniyesi bo‘lajak loyihaning birinchi tizerini e’lon qildi va  ssenariyda  diniy hamohanglik bo‘lishini aytgan. 

Sehrgarlar olami to‘g‘risidagi serial yaratish muhokama qilinayotgani haqidagi mish-mishlar 2021 yilning yanvarida paydo bo‘lgan edi. 2023 yilda bu haqda serial suratga olinishi e’lon qilingandi.

Serialning ijrochi prodyuserlari Nil Bler ("G‘aroyib maxluqlar" filmi), Rut Kenli-Letts ("Biz Manxettenni olamiz") va Rouling(asar muallifi) hisoblanadi. 

Shunga qaramay, sehrgarlar haqidagi yangi serialni boykot qilishga chaqiriqlar ham bo‘lgan. Bunga javoban Rouling  X sahifasida:

“E’lon qilishga majbur bo‘lgan super yangiligim: faollar bu safar “Garri Potter” serialiga boykot uyushtirishga harakat qilishmoqda", deb yozgan.

Yosh sehrgarlar haqidagi serial uchun bosh rollarga katta ehtimol bilan yangi aktyorlar tanlab olinadi. Sababi oldingi aktyorlar hozirda  ulg‘ayib qolgan. Muxlislar esa "Garri Potter" serialida sevimli aktyorlari o‘zgacha qahramonlar sifatida paydo bo‘lishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Warner Bros. Discovery kompaniyasi Garri Potter haqidagi kitoblar asosida onlayn serial yaratish bo‘yicha kelishuvga yaqin turganligi haqida xabar bergandik.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Garri Potter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing