Angliyada “Garri Potter” uslubidagi “jodugarlar uyi” ijaraga beriladi

Bu qiziq

image

“Garri Potter” filmining ixlosmandlari uchun yana bir yangilik qilindi. Angliyaning York shahridagi uylardan biri "Garri Potter" uslubida bezatildi va ijaraga berildi. Bu haqda “Pravila jizni”nashri xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z izohlarida uy atmosferasi “Garri Potter” filmining mashhur qahramonlari – Bleklar xonadonini eslatishini qayd etgan.

"Jodugarlar uchun" mo‘ljallangan uy butun dunyoga mashhur franchayzingning ko‘plab ramziy buyumlari bilan bezatilgan. Jumladan, eshikda “O‘lim muborak” belgisi, devorlarda esa qaroqchilar xaritasi, boyo‘g‘li surati va antiqa rasmlar bor. 

Birinchi qavatda oshxona mavjud. U yerda kichik teleskopni ham ko‘rish mumkin. Binoning o‘zi Yorkning markazida joylashgan.

Uy to‘rt kishiga mo‘ljallangan. Ushbu “sehrli” uyda tunab qolishning chegirmasiz bir kechalik narxi – 164 funt sterling (200 AQSH dollari), chegirma bilan esa 148 funt sterling (180 dollar)ni tashkil etadi. Uy hayvonlari uchun qo‘shimcha 32 funt sterling (40 dollar) to‘lov qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha yil avval London markazidagi Lester maydoniga Garri Potter haykali o‘rnatilgandi. Haykalda aktyor Deniyel Redkliff ijrosidagi Potter qahramonining supurgida uchayotgani tasvirlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Garri Potter jodugarlar uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made