Garovdagilar ozod qilinmaguncha Isroil to‘xtamaydi – Kats
Olam
−
24 mart
1436Isroil HAMAS tomonidan garovga olinganlarning barchasini ozod qilishga erishmaguncha, G‘azodagi operatsiyani davom ettiradi. Bu haqda Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan.
“Biz asirlarimiz ozod qilinmaguncha, HAMAS esa G‘azo sektorini nazorat qilishni va Isroil hamda isroilliklarga tahdid solishni to‘xtatmaguncha to‘xtamaymiz”, deya yozgan Mudofaa vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil HAMASga qarshi kurashmoqda va HAMASni mag‘lub etadi, biroq G‘azodagi tinch aholiga qarshi kurashmayapti va tinch aholiga zararni minimallashtirish uchun xalqaro huquq talab qiladigan hamma narsani qilmoqda.
Biroq G‘azoga hujumlar yangilangandan buyon 670 dan ortiq falastinlik, asosan keksalar, ayollar va bolalar halok bo‘ldi, 1200 dan ortig‘i yaralandi.
Ma’lumot uchun, Isroil armiyasi 19 yanvardan kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tugaganidan so‘ng, 18 mart kuni ertalab blokadadagi G‘azo sektoriga intensiv hujumlarni davom ettirdi. 2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari boshlanganidan beri halok bo‘lgan falastinliklar soni 50 ming 21 nafarga, yaradorlar soni esa 113 ming 274 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujumlarni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi