G‘arbiy Sohildagi to‘qnashuvda HAMAS qo‘mondoni halok bo‘ldi

Olam

image

 HAMAS qo‘mondoni Muhammad Jobir Abdo va uch nafar askar Ramalloh yaqinidagi qishloqda Isroil kuchlari bilan to‘qnashuv chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “Arab news” xabar berdi.

10 iyun kuni Isroil armiyasi va politsiyasining maxfiy kuchlari HAMAS vakillarining iziga tushgan va Ramalloh yaqinidagi qishloqda o‘ldirgan. 
Qayd etish joizki, G‘azodagi urush boshlanganidan beri G‘arbiy Sohilda zo‘ravonliklar kuchaygan. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shandan beri G‘arbiy Sohilda Isroil tomonidan otishmada 530 dan ortiq falastinlik o‘ldirilgan. Ularning aksariyati shiddatli norozilik namoyishlari yoki hibsga olish reydlari paytida halok bo‘lgan.

Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, HAMASga qarshi sakkiz oydan ko‘proq vaqt ichida G‘azo janubidagi janglarda to‘rt nafar askar halok bo‘lgan.

“27 oktyabrda G‘azodagi quruqlikdan hujum boshlanganidan beri so‘nggi o‘limlar 298 nafar harbiy yo‘qotishga olib keldi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing