G‘arbiy Sohildagi otishmada 4 nafar falastinlik va 1 nafar isroillik halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 24 iyul kuni okkupatsiya qilingan G‘arbiy Sohilda sodir bo‘lgan otishmada to‘rt nafar falastinlik va bir nafar isroillik halok bo‘ldi. Bu haqda Isroil va Falastin sog‘liqni saqlash rasmiylari xabar qildi.

Isroil armiyasi Nablus shahri janubi-g‘arbidagi hududga isroillik fuqarolarga hujum qilingani haqidagi xabarlardan so‘ng kuchlar yuborilganini bildirgan. Armiya ma’lumotiga ko‘ra, bir falastinlik mahalliy xavfsizlik xodimlaridan qurolni tortib olgan va u bilan sayr qilib yurgan isroillik fuqarolarga o‘q uzgan.

Falastin rasmiylari esa G‘arbiy Sohildagi Tal shaharchasidan bo‘lgan falastinliklarga isroillik fuqarolar tomonidan hujum qilinganini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, to‘rt nafar falastinlik isroillik fuqarolar va isroillik askarlar tomonidan o‘qqa tutilgan holda halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi yaralangan.

Isroil armiyasi Nablus shahri va Tal hududi vaqtincha yopilganini, harbiylar yo‘l to‘siqlari o‘rnatib, hujumchilarni qidirayotganini bildirgan. 

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hodisaga javob choralarini muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish chaqirgan. Bu haqda uning idorasi bayonot bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ishg‘olchi Isroilning o‘ta o‘ngchi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir politsiya qo‘riqlovi va ashaddiy yahudiylar hamrohligida ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda joylashgan Al-Aqso masjidiga yana bostirib kirgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing