G‘arbiy Sohilda kuniga 5 ta hujum sodir etilgan – BMT
Olam
−
13:49 558 1 daqiqa
Joriy yilda Falastinning bosib olingan G‘arbiy Sohil hududida kuniga o‘rtacha 5 ta hujum sodir etilgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi Stefan Dyujarrik kundalik brifingda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Falastin yerlarini egallagan isroilliklarning hujumlari tinimsiz davom etmoqda.
“Bu yil g‘arbiy sohilda isroilliklar tomonidan sodir etilgan 1680 ta hujum qayd etildi. Bu hujumlar 270 dan ortiq aholi punktlarida odamlarning halok bo‘lishiga yoki moddiy zarar yetishiga olib keldi”, deydi BMT so‘zlovchisi.
Stefan Dyujarik bu raqam o‘rtacha kuniga 5 ta hujumga to‘g‘ri kelishini va bosib oluvchi kuch sifatida Isroil G‘arbiy Sohilda tinch aholining himoyasi, jamoat tartibini va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlariga muvofiq majburiyatlarga ega ekanini ta’kidlagan.
Shuningdek, Isroil kuchlari G‘arbiy Sohil shimolida harbiy amaliyotlarini kuchaytirganini, buning oqibatida falastinliklar uchun yangi ko‘chirishlar, harakatlanish cheklovlari, maktablarning yopilishi va xizmatlar uzilishi xavfi ortayotgani ma’lum qilingan.
BMT vakilining aytishicha, Isroil kuchlarining kengaytirilgan amaliyotlari g‘arbiy sohil shimolida 95 mingdan ortiq falastinlikka salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rim papasi Isroilni Falastin davlatini tan olishga chaqirgandi.
Live
Barchasi