G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilarning falastinliklarga hujumi ko‘paydi
Olam
−
16 noyabr 2023
54327 oktyabrdan beri G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilarning Falastin aholisiga hujumlari soni ikki baravar ko‘paydi, bu kuniga uchdan oltitaga yetdi. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) xabar berdi.
“7 oktyabrdan beri OCHA falastinliklarga qarshi 246 ta ko‘chmanchilar hujumini qayd etdi, oqibatda falastinliklarga tegishli mulkka zarar yetkazildi (180 ta hodisa), falastinliklar yaralandi (30 ta hodisa), qurbonlar bo‘ldi yoki moddiy zarar ko‘rdi(36 ta hodisa). Kuniga o‘rtacha oltitadan ortiq hodisa ro‘y bermoqda, yil boshida esa bu ko‘rsatkich uchta edi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Boshqarmaning bildirishicha, hujumlarning uchdan biridan ko‘prog‘i o‘qotar qurol ishlatish bilan bog‘liq bo‘lib, barcha hodisalarning deyarli yarmida Isroil harbiylari hujumchilarga hamrohlik qilgan yoki ularni faol qo‘llab-quvvatlagan.
OCHA ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri G‘arbiy Sohilda jami 427 falastinlik halok bo‘lgan. Ularning 65 foizi, asosan, Jenin va Tulkarm provinsiyalarida, Isroil harbiylari tomonidan tintuv va hibsga olishlar oqibatida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan. Falastinliklarning 26 foizi G‘azo sektori bilan birdamlik namoyishlarida, yana 6 foizi esa Isroil kuchlari yoki ko‘chmanchilarga hujum yoki gumon qilingan hujumda, 2 foizi ularga qilingan ko‘chmanchilar hujumi oqibatida halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq G‘arbiy Sohildagi Jenin shahrida Falastin kuchlari va Isroil mudofaa kuchlari o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr