G‘arb Ukrainadagi urush yana kamida ikki yil davom etishiga ishonmoqda – CNN

Olam

image

Amerika va G‘arb razvedka xizmatlari vakillari Ukrainadagi urush kamida yana ikki yil davom etishiga ishonmoqda. Bu haqda CNN razvedka ma’lumotlaridan xabardor manbalarga tayanib, xabar berdi. 

Unga ko‘ra, ba’zi Amerika va G‘arb rasmiylari janglar yana besh yil davom etishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Shu sababli, Oq uy Jo Baydenning muddati tugaguniga qadar Ukrainaga yordam uchun mablag‘ ajratmoqchi.

“AQSH ma’muriyati, NATO rahbariyati va Kiyev Donald Tramp g‘alaba qozonsa, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kamayishini tushunadi”, deya ta’kidlaydi CNN.

AQSH rasmiysining fikricha, Ukraina 2024 yilda o‘zining mudofaa sanoatini mustahkamlash va armiyasini qayta qurish bo‘yicha ish olib borishi kutilmoqda.

“Yevropada joylashgan AQSH harbiy rasmiysi Ukraina ikki yil ichida Zaporoje viloyatidagi Melitopoldan rus qo‘shinlarini haydab chiqarish uchun ikkinchi yirik qarshi hujumga o‘tadi”, deb hisoblaydi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika va G‘arb razvedka idoralari bu yil har ikki tomon sezilarli muvaffaqiyatga erishishiga ishonmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing