G‘arb “shishadan jinni chiqarib yubordi” – Putin

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, so‘nggi o‘n yilliklarda G‘arb “shishadan jinni chiqarib yubordi” va butun mintaqalarni xaosga botdi. Bu haqda u bugun, 21 fevral kuni Federal Majlisga murojaatida so‘z ochdi. 

"Yaqinda Myunxenda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Rossiyaga qarshi cheksiz ayblovlar bo‘ldi. Bunda G‘arbning so‘nggi o‘n yilliklarda qilgan ishlarini hamma unutishi uchungina qilingandek taassurot paydo bo‘ladi. Aynan ular jinni shishadan chiqarib yubordilar, butun hududlarni tartibsizlikka soldilar”, deydi u. 

Putin so‘zida davom etarkan, amerikalik ekspertlarning 2001 yildan buyon AQSH 900 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqidagi fikrlariga to‘xtaldi. 

“Amerikalik urush ekspertlarining o‘zlariga ko‘ra, urushlar oqibatida, men bunga e’tibor qaratmoqchiman, biz bu raqamlar bilan chiqmadik – amerikaliklarning o‘zlari aytdi, Qo‘shma Shtatlar 2001 yildan keyin boshlagan urushlar oqibatida, qariyb 900 ming kishi halok bo‘ldi, 38 milliondan ortiq kishi qochqinga aylandi. Ular endi bularning barchasini insoniyat xotirasidan o‘chirib tashlashga [harakat qilmoqdalar], go‘yo hech narsa bo‘lmagandek. Lekin buni dunyoda hech kim unutmagan”, deydi Rossiya rahbari. 

Uning urg‘ulashicha, G‘arbdagi millionlab odamlar elita ularni ma’naviy halokatga yetaklayotganini anglab yetmoqda. 

“G‘arbdagi millionlab odamlar ularni haqiqiy ma’naviy halokatga olib borayotganini tushunishadi. Ochig‘ini aytganda, elita aqldan ozmoqda va bu endi davolanmaganga o‘xshaydi. Lekin bu ularning muammolari”, deydi Rossiya rahbari.  


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Putin murojaatnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing