G‘arb sanksiyalari Belarusga qanchaga tushishi aytildi

Olam

image

G‘arb sanksiyalari Belarusning Yevropa Ittifoqi va Shimoliy Amerikaga yiliga 16-18 milliard dollarlik eksportiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko “Al-Arabiya” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning qayd etishicha, ayni paytda respublikada ta’minot zanjirini o‘zgartirish ustida ish olib borilmoqda.

“Tabiiyki, biz eksportning bu hajmini yo‘qota olmaymiz, uni boshqa bozorlarga, jumladan, Osiyo, Afrika va Yaqin Sharq bozorlariga yo‘naltirishimiz kerak”, degan hukumat rahbari.

Belarus va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan so‘ng keskin yomonlashdi.  Belarus hukumati norozilik namoyishlari xorijdan muvofiqlashtirilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko G‘arbni respublikadagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishda ayblab, tartibsizliklarni AQSH boshqarayotganini, yevropaliklar esa u bilan “birgalikda o‘ynashayotganini” ta’kidladi.

G‘arb davlatlari Belarus rasmiylari va korxonalariga nisbatan bosqichma-bosqich sanksiyalar joriy etib, Minskni saylovlarni va inson huquqlarini buzishda aybladi. Belarusga qarshi sanksiyalar oxirgi marta rasmiy Minsk Rossiyaning Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlagani uchun kengaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Belarus'

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing