G‘arb rangli inqilob va qonli qirg‘inni qo‘zg‘atishga tayyor – Sobiq KGB xodimi Putin MDH razvedchilariga

Olam

image

G‘arb har qanday davlatni xavf ostiga qo‘yishga, uni inqiroz o‘chog‘iga aylantirishga, rangli inqilob va qonli qirg‘inni qo‘zg‘atishga tayyor. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 29 sentyabr kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi respublikalari razvedka xizmatlari rahbarlari bilan videoaloqa orqali uchrashuvda so‘z ochdi. 

“Bizning geosiyosiy raqiblarimiz, bizga qarshilar o‘z maqsadlaridan kelib chiqib, yaqinda aytganimizdek, hammani, har kimni, har qanday davlatni hujum ostiga qo‘yishga, uni inqiroz o‘chog‘iga aylantirishga, rangli inqilobni qo‘zg‘atishga, qonli qirg‘in qilishga tayyor”, deydi Putin. 

Uchrashuv ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, u razvedka tuzilmalari eng xavfli tahdidlarga qarshi kurashda oldingi safda turishini va ular oldida asosan o‘xshash vazifalar turganini ta’kidladi: o‘z mamlakatlarida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, milliy suverenitetni mustahkamlash, integratsiyaviy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish. 

“Bu muammolarni hal qilishda, albatta, razvedka xizmatlari va xavfsizlik idoralarining uyg‘unligi va o‘zaro hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Biz bunday qo‘shma ishlarda boy tajriba to‘plaganmiz va undan maksimal darajada foydalanishimiz kerak”, deydi Prezident. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, albatta, mavjud vaziyatni monitoring qilish umumiy ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.  

“Yangi paydo bo‘layotgan xavf va tahdidlarni tahlil qilish, ularning tabiati, ko‘lami va rivojlanish vektorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu bunday tahdidlarni samarali tarzda zararsizlantirishning eng muhim shartidir”, deydi u. 

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro terrorizm, transmilliy jinoyatchilik, noqonuniy qurolli tuzilma, qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish hamon razvedka faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridandir.

Ertaga, 30 sentyabr kuni MDH davlatlarining xavfsizlik va razvedka xizmatlari rahbarlari Moskvada yig‘ilish o‘tkazadi. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirok etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

405

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing