G‘arb Putinni ogohlantirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Belarus hududida taktik yadro qurollarini saqlash rejasini e’lon qilganidan keyin AQSH va uning Yevropadagi ittifoqchilari Putinni xavfli yadroviy ritorikadan ogohlantirdi.  Bu haqda "The Washington Post" nashri xabar berdi

Qayd etilishicha, G‘arb Putinning shanba, 25 mart kuni televideniye orqali aytgan so‘zlarini "mas’uliyatsizlik" deb atagan, ammo uning bu harakati G‘arbning o‘z yadroviy pozitsiyalarini o‘zgartirishga sabab bo‘lmasligi ta’kidlangan.

AQSH Milliy xavfsizlik kengashining aloqa koordinatori Jon Kirbi CBS News telekanaliga bergan intervyusida Putin yadroviy qurolni harakatga keltirganidan dalolat beruvchi hech qanday alomat ko‘rmayotganini aytgan.

"Biz o‘zimizning strategik to‘xtatuvchi pozitsiyamizni o‘zgartirishga olib keladigan hech narsani ko‘rmadik", deydi u.

Putin shanba, 25 mart kuni bergan intervyusida aytishicha, Rossiyaning bu harakati yadroviy qurollarni tarqatmaslik to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlarni buzmaydi. U buni Qo‘shma Shtatlarning Yevropaga yadroviy qurollarni joylashtirganiga qiyoslagan. Jumladan, u shunday deydi: "Biz (Belarus bilan) xuddi shu narsani qilishga kelishib oldik. Bu qaror yadroviy qurollarni tarqatmalsik to‘g‘risidagi majburiyatlarimizni buzmasligini ta’kidlamoqchiman. 1 iyulda biz Belarusda taktik yadro qurollari uchun maxsus ombor qurishni tugatamiz”.

NATO esa kecha, 26 mart kuni bergan bayonotida ushbu tavsifni "mutlaqo xato" deb atagan.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov o‘zining Twitter'dagi sahifasida Rossiyani Belarusni yadroviy garovga olganlikda ayblagan hamda Moskva mamlakatni beqarorlashtirishga intilayotganini iddao qilgan

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Rossiyaning bu rejasini qoralab, uni "Yevropa xavfsizligiga tahdid", deb atagan bo‘lsa, Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixonovskaya Rossiyaning Belarusga taktik yadroviy qurollarni joylashtirishi mamlakat konstitutsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzishi va bu uning suverenitetiga nisbatan behurmatlik ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyev Moskvaning xavfli qarori ortidan BMT Xavfsizlik kengashini chaqirishni talab qilgandi. Rossiya Harbiy-sanoat komissiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev esa dunyoda yadroviy to‘qnashuv tobora yaqinlashib borayotganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vladimir Putin yadro qurollari Rossiya prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing