G‘arb davlatlari yangi josuslik xavfi yoqasida – “The Daily Telegraph”

Olam

image

G‘arb davlatlari ilmiy-texnikaviy josuslik muammosining keskin kuchayishiga duch kelmoqda. Bu haqda “The Daily Telegraph” nashri yozmoqda.

MI5 kontrrazvedka xizmati rahbari Ken Makkallumning ma’lum qilishicha, u bu masalada Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH va Yangi Zelandiya razvedka xizmatlari rahbarlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan.

"Buyuk Britaniya boshqa mamlakatlarning bizga ustunlik beradigan narsalarni o‘g‘irlashga bo‘lgan urinishlar soni keskin oshganini qayd etdi. Hozir beshta davlatda ham shunday holat kuzatilmoqda", deydi Makkallum.

MI5 rahbarining fikricha, dunyo kelajagini sun’iy intellekt, kvant hisoblash va sintetik biologiya kabi sohalarda yetakchi davlatlar belgilab beradi.

"Biz nima bo‘layotganini tushunishimiz va juda kech bo‘lmasdan javob berishimiz kerak", deb qo‘shimcha qilgan Makkallum.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya razvedka MI5

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing