G‘arb davlatlari Suriyadagi mojaroni hal qilishga chaqirdi
Olam
−
15:20
967Suriyada jangarilar mamlakat armiyasini Halab shahridan quvib chiqargandan so‘ng, AQSH, Britaniya, Germaniya va Fransiya mojaroni hal qilishga chaqirdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.
AQSH, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Suriyadagi mojaro taraflarini eskalatsiyaga chaqirgan va mamlakatdagi nizolarni to‘xtatish kerakligini ta’kidlagan.
“Biz Suriyadagi vaziyatning yomonlashuvini diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz va barcha tomonlarni deeskalatsiyaga, tinch aholi va infratuzilmani himoya qilishga, boshqa surgunlar va gumanitar yordam uzilishlarining oldini olishga chaqiramiz”, dedi NATOning to‘rtta davlati qo‘shma bayonotida.
Hujjatda ta’kidlanishicha, mojaroning hozirgi avj olishini faqatgina BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-sonli qaroriga binoan Suriya rahbarligi ostida siyosiy hal qilish mumkin.
BMTning oliy organi Suriya urushi bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilgan. 2015 yil 18 dekabrdagi 2254-sonli rezolyutsiya Damashqdagi hukumat va muxolifat o‘rtasida tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan Suriya va G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qilgandi. Blinken va Fidan G‘azo sektordagi gumanitar sa’y-harakatlar, urushni to‘xtatish va barcha garovga olinganlarni ozod qilish zarurati haqida gaplashgan.
Muhammad Hodiyev