G‘ani hukumati nega tez quladi? Ahmad Mas’ud to‘rt sabab keltirdi

Olam

image
Turkiya Afg‘onistondagi harbiylarini olib chiqishni boshladi north_east

Turkiya Afg‘onistondagi harbiylarini olib chiqishni boshladi

Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti rahbari Ahmad Mas’ud amerikalik harbiylar va ularning ittifoqchilari olib ketilgandan so‘ng, Prezident Ashraf G‘ani hukumati bir necha hafta ham davom etmasligiga shubha qilmagan. Bu haqda RBK xabar bermoqda. 

Mas’udga ko‘ra, u bu haqda barcha xorijiy vakillarni, shu jumladan “Tolibon” bilan muzokarachi, Vashington vakili Zalmay Xalilzodni ham ogohlantirgan. 

“Men aytdimki, chekinish haqida e’lon qilingandan va olib chiqib ketilgandan keyin Afg‘oniston bir necha haftaga ham bormaydi, oylar haqida gapirishning hojati ham yo‘q. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, hukumat ikki yilgacha ushlab turilishi mumkin edi. Bu borada hatto men ham adashgan ekanman. Tez sodir bo‘lishining sabablari — korrupsiya, o‘zboshimchalik siyosati va ular bilan xalq o‘rtasidagi ulkan, vayronkor jarlik. Yana bir sabab, afg‘on armiyasi uzoq vaqtdan beri AQSHning qo‘llab-quvvatlashiga qaram bo‘lib qolgan, endi ularsiz ishlay olmasdi”, degan Mas’ud. 

Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” AQSH qo‘shinlarining ikki tomonlama shartnomalarda belgilangan muddat — 31 avgustdan keyin ham Afg‘onistonda qolishi tegishli “oqibatlar”ga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Ashraf G'ani

Baholaganlar

384

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing