Ganga daryosidan koronavirus qurbonlarining jasadlari topildi 

Olam

image

Hindistondagi Ganga daryosidan  koronavirusdan vafot etgan deb hisoblangan 100 dan ortiq odamning jasadi topildi. Bu haqda "The Times of India" xabar bergan. 

Jasadlar Bihar shtatining Buksar shahrida topilgan, shahar ma’muriyati ular Uttar- Pradeshning yuqori oqimidan kelgan deb da’vo qilmoqda. 

Biroq, mahalliy manbalarning xabar berishicha, ko‘plab qishloq aholisi COVID-19 dan vafot etgan va o‘lganidan keyin yoqilmagan odamlarning jasadlarini Gangaga tashlamoqda. 

"Vaziyat nihoyatda achinarli. Daryodan 150 dan ortiq infeksiya yuqtirgan jasad topildi. Bundan Katarva, Kamxariya va Chausa aholisi hayratda, ular qo‘rqib qolgan", degan mahalliy aholidan biri. 

Buksar sudyasining so‘zlariga ko‘ra, besh nafar mahalliy xodim kecha-kunduz jasadlarni yig‘ish, identifikatsiya qilish va yoqish bilan shug‘ullanmoqda. 

Hindiston koronavirus holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri mamlakatda jami 22,7 milliondan ortiq kishida koronavirus aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Ganga

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing