Hindistonda ayol nogiron erini yelkasida ko‘tarib 150 km yurdi (video)

Bu qiziq

image

Hindistonda Asha ismli ayol ikki yosh bolasi hamrohligida eri Sachinni yelkasida ko‘tarib, Haridvar shahridan Modinagargacha bo‘lgan yo‘lni piyoda bosib o‘tdi. Bu haqda “Times Now” xabar berdi.

Mamlakatda davom etayotgan Kanvar Yatra Shiva dindorlarining yillik ziyorati doirasida u muqaddas Ganga daryosi suvini olib kelish uchun turmush o‘rtog‘ini yelkasida ko‘targancha harakatlandi. Eri Sachin o‘tgan yili orqa miya operatsiyasidan so‘ng beligacha falaj bo‘lgani uchun yura olmaydi. U bu diniy bayramda 13 yil davomida o‘zi qatnashib kelgan. Ammo falajlik ortidan joriy yilda ayolining yordami bilan ishtirok eta oladigan bo‘ldi.

Asha bu ishini faqat va faqat erining oyoqqa turishi va to‘liq tuzalishi uchun qilayotganini aytgan. Ayol ushbu harakati ortidan internetda juda katta mashhurlikka erishdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uning bu ishini g‘ayrioddiy sevgi va sadoqat ramzi sifatida baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Kanvar Yatra 1980 yillarning oxirigacha bir necha avliyolar va keksa dindorlar tomonidan olib borilgan kichik ish bo‘lgan, keyinchalik u mashhurlikka erisha boshlagan. Bugungi kunda u Hindistonning eng yirik yillik diniy tadbiriga aylandi. 2023 va 2024 yillardagi tadbirlarda 30 millionga yaqin dindorlar qatnashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Ganga Asha Kanvar Yatra Sachin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing