Gamburgda xavfli virus tufayli asosiy vokzal yopildi
Olam
−
02 Oktabr
5097Germaniyaning Gamburg shahri politsiyasi Marburg isitmasi bilan kasallangan erkak poyezdlardan birida kelgani ehtimoli tufayli shaharning bosh vokzalini qisman yopib qo‘ydi. Bu haqda “Hamburger Morgenpost” xabar berdi.
“Ikki kishi hamrohlikda tezyurar poyezdda keldi va ulardan biri Marburg virusini yuqtirgan deb taxmin qilinmoqda", deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, yo‘lovchi Ruandadan Frankfurtga uchgan samolyotda mamlakatga kelgan. Gamburgga yetib kelishidan sal avval erkak tanishiga qo‘ng‘iroq qilib, isitmasi ko‘tarilib ketganini, Ruandada esa Marburg isitmasi yuqqan odam bilan aloqada bo‘lganini tan olgan.
Politsiya infeksiyaning ehtimoliy tarqalishini kechiktirish uchun Gamburg markaziy vokzalining kirish va chiqish yo‘lagini qisman yopib qo‘ygan. Vokzal binosiga xavfli infeksiyaga chalingan bemorlarni tashish uchun jihozlangan maxsus tez yordam mashinasi yetib borgan.
Ma’lumot uchun, Ruanada Marburg isitmasidan to‘qqiz kishi vafot etgan, 27 kishi esa kasallikni yuqtirgan. Virus odamga infeksiyani yuqtirgan shaxslarning biologik suyuqliklari bilan bevosita aloqa orqali tarqaladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, Marburg isitmasini davolash uchun ro‘yxatdan o‘tgan vaksina yoki preparatlar mavjud emas. Bemorlarning omon qolish darajasini oshirish uchun maxsus terapiya (og‘iz orqali yoki tomir ichiga suyuqlik kiritish) va simptomatik davolash qo‘llaniladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr