“Galatasaroy” Mourinoni sudga berdi (video)

Sport

image

Turkiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Galatasaroy”-“Fenerbaxche” o‘yini 0:0 hisobida yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Joze Mourino bahsdagi  epizodlardan birida “Galatasaroy” vakillari maymundek sakrashdi degan, gapni aytdi va portugaliyalik mutaxassisning bunday o‘xshatishi uchun “Galatasaroy” Mourinoni sudga berdi.

“Fenerbaxche” bosh murabbiyi Joze Mourino Turkiyadagi faoliyatining boshidanoq turk xalqi haqida tinimsiz haqoratomuz gaplarni aytib keladi. Bugungi kunda uning bayonotlari axloqsiz izohlardan oddiygina g‘ayriinsoniy ritorikaga aylandi. Biz Joze Mourinoning irqchi bayonotlari yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atish, shuningdek, UEFA va FIFA'ga rasmiy shikoyatlar yuborish niyatimizni rasman ma’lum qilamiz”, deyiladi “Galatasaroy” bayonotida.

 

“Galatasaroy” Turkiya chempionati turnir jadvalida 24 uchrashuvdan so‘ng 64 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda bormoqda. 2-o‘rinda “Fenerbaxche” joylashgan bo‘lib,  Joze Mourino shogirdlari hisobida 58 ochko mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Joze Mourin'o Fenerbaxche Galatasaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing