Gaitida favqulodda holat muddati uzaytirildi
Olam
−
09 mart
2346Gaitida favqulodda holat va komendantlik soati 3 aprelgacha uzaytirildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Patrik Mishel Buaver favqulodda holat davrida barcha ommaviy namoyishlar taqiqlanishi va qoidabuzarlar hibsga olinishiga aniqlik kiritib, tegishli kommyunikeni e’lon qildi.
Port-o-Prensning ba’zi hududlarida hamon o‘q ovozlari eshitilib turibdi, biroq boshqa shaharlarga xotirjamlik qaytgan, bir qator do‘konlar va banklar cheklangan soatlarda ochilgan.
Bir guruh namoyishchilar mamlakatga yangi rahbarlar kelishini talab qilib, poytaxt ko‘chalari bo‘ylab yurish orqali favqulodda holatga qarshi chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Gaiti Bosh vaziri Ariel Anri yo‘qligida “Barbekyu” laqabli sobiq politsiyachi Jimmi Sherize unga qarshi urush e’lon qilgandi. 2 mart kuni to‘dalar Port-o-Prensdagi bir necha politsiya bo‘limlari hamda ikkita qamoqxonaga hujum qildi, ulardan bir necha ming mahbus ozod qilindi. Shundan so‘ng, hukumat favqulodda holat va komendantlik soati e’lon qildi.
LiveBarchasi