“GAI”lar qisqaradigan bo‘ldi
Olam
−
13 Oktabr 2019
23371Rosiyada Davlat yo‘l harakati inspeksiyasi xodimlarining qisqartirilishi mamlakatning bir necha mintaqalarida boshlandi, shu bilan birga qisqartirish ish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
"Rossiyaning bir nechta mintaqalarida xodimlarni qisqartirish allaqachon boshlangan, ammo Davlat yo‘l inspeksiyasining markaziy apparati bunga ta’sir qilmaydi. Taxminan 2 ming shtat birligini qisqartirish rejalashtirilgan", deyiladi manbada.
Yo‘l harakati politsiyasining shtatlari qisqartirilishi Ichki ishlar vazirligining migratsiya bo‘linmalarining kuchayishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga boshlangan qisqartirish yo‘l politsiyasi bo‘limlarining ishiga ta’sir qilmaydi.
TASS Ichki ishlar vazirligining matbuot markaziga ushbu ma’lumotga izoh berish uchun so‘rov yuborgan, ammo hali javob olmagan.
LiveBarchasi