Minneapolisda anarxiya vujudga kelmoqda. Tramp zo‘ravonlik bilan bo‘lsa ham buni oldini olmoqchi

Olam

image

AQSHning Minneapolis shahrida katta tartibsizliklar natijasida anarxiya – hokimiyatsizlik vujudga kelishi mumkin. Mamlakat Prezidenti Donald Tramp uning ma’muriyati zo‘ravonlik bilan bo‘lsa ham tartibsizliklarni to‘xtatishini va anarxiyaning oldini olishini aytdi.

"Biz radikal so‘l qarashlarga ega bo‘lgan jinoyatchilarni mamlakatimiz va butun dunyoga o‘t qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaymiz", deydi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Minneapolis politsiyasi 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Hibsga olish paytida politsiyachilardan biri Floydning bo‘ynini tizzasi bilan qisib qo‘ydi. Shundan keyin afro-amerikalik reanimatsiyada vafot etdi. Hodisaning videoyozuvi Internetda paydo bo‘ldi.

Floydning o‘limi Minneapolisda ketma-ket to‘rt kun davom etgan tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Namoyishchilar uylarni yondirib, do‘konlarni talashdi. Keyinchalik tartibsizliklar AQSHning boshqa shaharlariga, jumladan Nyu-York, Los-Anjeles va Detroytga ham tarqaldi.

Qo‘lga olishda ishtirok etgan to‘rtta politsiya xodimi ishdan bo‘shatilgan. Ulardan biri Derek Chovin qotillikda ayblangan.

Avvalroq, Oq uy oldida ham tartibsizliklar boshlangani haqida xabar berilgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jorj Floyd Minneapolis

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing