Gabon harbiy rahbari o‘tish davri prezidenti sifatida qasamyod qildi

Olam

image

Gabonda hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar yetakchisi general Bris Kloter Oligi Nguyema mamlakatning o‘tish davri prezidenti sifatida qasamyod qildi. Marosimni “Gabon Media Times” yangiliklar portali Librevildagi Konstitutsiyaviy sud binosidan jonli efirda namoyish etdi.

“Xalq manfaatlari yo‘lida o‘z burchimni bajarishga, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishga qasamyod qilaman”, degan Oligi Nguyema. 

Qasamyodni Gabon Konstitutsiyaviy sudi qabul qildi, uning vakolatlari harbiylar tomonidan tiklandi. Yaqin soatlarda Gabonning o‘tish davri hukumati rahbari tayinlanishi kutilmoqda.

Qayd etish joizki, general Oligi Nguyema Gabon Qurolli Kuchlarida shon-shuhrat va katta ta’sirga ega. U 50 yil avval Gabon armiyasi zobiti oilasida tug‘ilgan. Uning onasi oldingi prezident Omar Bongoning amakivachchasi bo‘lgan. Harbiy martabani orzu qilib, Respublika gvardiyasiga xizmatga kirgan Oligi Nguyemaga u yerda Omar Bongo homiylik qilgan. U yosh ofitserni Marokashdagi Qirollik harbiy akademiyasiga o‘qishga yuborgan, so‘ngra unga Gabonning ekvatorial o‘rmonlaridan birida joylashgan o‘quv markazida maxsus kuchlar kurslarini o‘tash imkoniyati berilgan.

2009 yilda Oligi Nguyema dastlab Gabonning Marokashdagi, keyin esa Senegaldagi elchixonasiga harbiy attashe etib tayinlangan. U 2018 yilda polkovnik unvoni bilan Gabonga qaytib keldi va respublika gvardiyasi bo‘linmasi hisoblangan Maxsus xizmatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. 2020 yilda Oligi Nguyema Respublika gvardiyasini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 avgust kuni Gabondagi harbiy guruh jamoat televideniyesi orqali 14 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan va 26 avgust kuni uchinchi muddatga qayta saylangan Prezident Ali Bongoning iste’foga chiqarilishini e’lon qilgandi. Keyinchalik Ali Bongo uy qamog‘iga, o‘g‘li esa hibsga olindi


Maqola muallifi

Teglar

davlat to'ntarishi Gabon Oligi Nguema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing