Gaagada Isroilga qarshi sud boshlandi

Olam

image

Bugun, 11 yanvar kuni Gaagadagi Xalqaro sudda Janubiy Afrika Respublikasi da’vosi bo‘yicha Isroilga qarshi ishni ko‘rib chiqish boshlandi. Bu haqda “ The Jerusalem Post” xabar berdi

Xalqaro sudda 11-12 yanvar kunlari G‘azo sektorida genotsid konvensiyasini buzganlikda ayblanayotgan Isroilga qarshi da’vo yuzasidan tinglovlar bo‘lib o‘tadi.

Bugun 20 dan ortiq kishidan iborat Janubiy Afrika delegatsiyasi Tinchlik saroyidagi yig‘ilishda nutq so‘zlaydi. Unga Janubiy Afrika Adliya va axloq tuzatish xizmatlari vaziri Ronald Lamola boshchilik qiladi.

Sud majlislarida 15 nafar sudyalar hay’ati ishtirok etadi. Yig‘ilishda Isroil delegatsiyasi ham ishtirok etadi va ertaga, 12 yanvar kuni so‘zga chiqadi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Afrika 2023 yil 29 dekabr kuni Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari va “Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risida”gi konvensiyani buzganligi yuzasidan Gaagadagi Xalqaro sudga murojaat qilgan. Da’voda suddan Isroilning Genotsid konvensiyasini va undan kelib chiqadigan majburiyatlarni buzadigan barcha harakatlarni darhol to‘xtatishi so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa Xalqaro sudga da’vo arizasi berilishi mamlakatining prinsipial pozitsiyasini ifodalashini bildirgandi. Isroil Prezidenti Isxak Gersog esa AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Janubiy Afrikaning yahudiy davlatini Gaagadagi Xalqaro Sudga bergan da’vosini "dahshatli va kulgili" deb atadi. Blinken Tel-Avivdagi matbuot anjumanida AQSH Isroilga qarshi Xalqaro sudga kiritilgan da’vo arizasi jahon hamjamiyatining e’tiborini Falastin-Isroil mojarosini hal qilishdan chalg‘itmoqda, deb hisoblashini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil JAR Gaaga Xalqaro sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing