Gaaga sudi Armanistonning Ozarbayjonga qarshi da’vosini rad etdi
Olam
−
07 dekabr 2021
5170BMTning Gaagadagi Xalqaro sudi Armanistonning Ozarbayjonga qarshi “harbiy asirlarni zudlik bilan qaytarish to‘g‘risida”gi da’vosini qanoatlantirmadi. Bu haqda instansiya saytidagi xabarda aytiladi.
Qayd etilishicha, tashkilot arman tomonining Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Qorabog‘da erishilgan g‘alaba sharafiga tashkil etilgan “harbiy qurol-aslaha parkini yopish” va “Ozarbayjon tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlarni tergov qilish haqidagi” da’volarini ham rad etgan.
Xalqaro sud Yerevan yuqoridagi masalalar bo‘yicha asosli dalillar keltira olmasligini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, sud Armanistondan ozarbayjonlarga nisbatan irqiy adovat qo‘zg‘atilishining oldini olishni talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ozarbayjon Armanistonning 10 nafar harbiy xizmatchisini Yerevanga topshirdi. Armaniston, o‘z navbatida, Ozarbayjonga Baku nazoratiga o‘tgan bir qator hududlarning minalangan maydonlari xaritasini berdi.
LiveBarchasi