G7: Moskva Ukrainani tiklash uchun to‘lashi kerak

Olam

image

Rossiya Ukrainaning urushdan vayron bo‘lgan infratuzilmasini tiklash uchun pul to‘lashi kerak. Bu haqda kecha, 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan G7 virtual sammiti yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommyunikeda aytilgan. 

“Rossiya oxir-oqibat o‘zining shafqatsiz urushi oqibatida shikastlangan yoki vayron bo‘lgan muhim infratuzilmani tiklash uchun to‘lashi kerak bo‘ladi. Harbiy jinoyatlar va boshqa vahshiyliklar jazosiz qolishi mumkin emas. Biz Prezident Putin va unga aloqador shaxslarni xalqaro huquq asosida javobgarlikka tortamiz”, deydi G7 yetakchilari. 

Uchrashuv ishtirokchilari Ukrainaga muhim energetika va suv infratuzilmasini tiklash va himoya qilishda yordam berishga qat’iyliklarini bildirdilar. 

“Biz Ukrainaga qish mavsumiga tayyor bo‘lish ehtiyojlarini qondirishda yordam beramiz, Ukraina fuqarolarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz va 13 dekabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya davomida bu boradagi sa’y-harakatlarimizni oshiramiz”, deyiladi kommyunikeda. 

Katta yettilik mamlakatlari yetakchilari zarur bo‘lgan vaqt davomida Rossiya bilan urush fonida Ukrainani kuchli qo‘llab-quvvatlash va birdamlikni saqlab qolish niyatini yana bir bor tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

G7

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing