G7 davlatlari Ukraina bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
Olam
−
16 fevral 2022
11072“Katta yettilik” (G7) guruhi Tashqi ishlar vazirlari shu hafta Germaniyada favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar bergan.
Taxminlarga ko‘ra, “Katta yettilik” Tashqi ishlar idoralari rahbarlarining uchrashuvi Myunxen Xavfsizlik konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Agentlikning hukumatdagi manbalariga ko‘ra, uchrashuv mavzusi Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘lishi kerak. Yaponiyadan Tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Xayashi yig‘ilishda ishtirok etishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, 18-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen Xavfsizlik konferensiyasida 35 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi. Taxminlarga ko‘ra, AQSH tomonidan vitse-prezident Kamola Xarris va Davlat kotibi Entoni Blinken, Germaniya delegatsiyasiga esa kansler Olaf Shols boshchilik qiladi. Anjumanda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Katta yettilik” Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSHni birlashtirgan norasmiy xalqaro klub.
LiveBarchasi