G7 davlatlari Rossiya olmosini olib kirishni taqiqlash bo‘yicha kelishib oldi
Olam
−
07 dekabr 2023
3409Katta yettilik mamlakatlari Rossiya olmoslarini olib kirishga bosqichma-bosqich cheklovlar joriy etish to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda G7 davlatlarining bayonotida aytiladi.
Bayonotda keltirilishicha, Rossiyada qazib olingan yoki qayta ishlangan olmoslarni olib kirishga cheklov 2024 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.
Shu bilan birga, uchinchi mamlakatlarda qayta ishlangan rus olmoslarining importi 2024 yil 1 martdan boshlab bosqichma-bosqich cheklanadi.
Sentyabrgacha G7 mamlakatlari qayta ishlanmagan olmoslarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash mexanizmiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, taqiq sanoatda qo‘llaniladigan olmoslarga ta’sir qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevrokomissiya Rossiyadan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga olmos yetkazib berish bo‘yicha taklif qilingan cheklovlar loyihasini ma’qullab, uni ittifoqqa a’zo mamlakatlarga tasdiqlash uchun yuborgandi.
LiveBarchasi