G7 davlatlari rahbarlari Zelenskiyning dardiga quloq tutmoqchi

Olam

image

G7 davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) yetakchilari ertaga, 11 oktyabr kuni Prezident Vladimir Zelenskiy bilan videokonferensaloqa orqali Ukrainadagi so‘nggi voqealarni muhokama qiladi. Bu haqda bugun, 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Germaniya Vazirlar Mahkamasi rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt ma’lum qildi. 

“11 oktyabr kuni G7 davlatlari vaziyatni videoaloqa orqali muhokama qiladilar. Ushbu videokonferensiyaning boshida Ukraina davlat rahbari Zelenskiy ishtirok etadi”, deya xabar berdi Hukumat matbuot kotibi. 

9 oktyabr kuni kansler Olaf Shols AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi va unda Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. 

10 oktyabr kuni Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi. 

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 24 kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

175

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing