G7 davlatlari insoniyat uchun asosiy tahdid nimaligini aytdi
Olam
−
17 dekabr 2021
8756“Katta yettilik” mamlakatlari koronavirusning “omicron” shtammi tarqalishining yuqori tezligini inson salomatligi uchun eng jiddiy tahdid deb tan oldi. Bu haqda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi saytida xabar berilgan.
Ular muammoga imkon qadar tezroq yechim topish uchun davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va mavjud ma’lumotlarni almashishga chaqirgan.
Qo‘shma bayonotda emlash va infeksiyani tashxislashda teng imkoniyatlarni ta’minlash zarurligi qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil noyabr oyida SARS-CoV-2 ning yangi shtammi birinchi marta Botsvana va Janubiy Afrikada topildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu variant dastlab OIV bilan kasallangan odamda rivojlangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti B.1.1.529 shtammini “tashvishli” deb e’lon qilgan va unga “omicron” deb nomlagan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu shtamm hatto kasallikni boshdan kechirib bo‘lgan va emlanganlarga ham yuqishi mumkin.
LiveBarchasi