UFC Prezidenti Konorga rad javobini berdi
Sport
−
18 Oktabr 2019
5683UFC bo‘yicha jangchi Konor Makgregor dekabr oyida Frenki Edgarga qarshi jang qilishi lozim edi.
Ammo, UFC prezidenti Dana Uayt ushbu jang o‘tkazilmasligi haqida gapirdi.
"Men Konorning Meyvezerga qarshi jangi oldidan aytgandim: U bunday puldan so‘ng balki xech qachon jang qilmaydi. O‘shandan keyin u faqatgina bir marotaba jang o‘tkazdi. Konorga jang qilish yoqadi va u buni yana bir marotaba amalga oshirmoqchi. Ammo, u Frenki Edgarga qarshi jang qilmaydi, Frenki ikki vazn pastda. U Aldjameyn Sterling bilan jang qilishi lozim edi, ammo jarohat bunga halal berdi. Frenkining faoliyati yakuniga yetib bormoqda. U yana sovrin uchun kurashishi kerak. Konorga qarshi jang tashkil qilib berishdan esa ma’no yo‘q. Konor kelasi yili jang qiladi", dedi Uayt.
LiveBarchasi