Fyuri yaxshi formada emas – Jalolov

Sport

image

Joriy yilning 28 oktyabr kunida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida britaniyalik Tayson Fyuri va kamerunlik Fransis Ngannu o‘rtasida 10 raundlik jang tashkil etildi. O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov ham Saudiyaga borib, bevosita jangoldi tadbirlarida ishtirok etdi va Fyuri-Ngannu jangini arenadan kuzatib bordi. QALAMPIR.UZ o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasini yana qanday sabablarga ko‘ra, Saudiyaga borganini ochiqladi.

“Biz Saudiya Arabistoniga mamlakat ko‘ngilochar bosh boshqarmasi Turki al-Shayx taklifiga binoan bordik. U yerda barcha chempionlar bir dasturxon atrofida uchrashishi reja qilingandi”, deydi olimpiada chempioni. 

Xo‘sh, Saudiyadagi tadbirlardan so‘ng Jalolovning profboksdagi faoliyatida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

“Shu yili 23 dekabr kuni Fyuri va Usik o‘zaro jang o‘tkazishi kerak edi va men o‘sha oqshomda ringga ko‘tarilishim reja qilingandi, biroq Fyuri-Usik jangi bekor bo‘ldi. Hozircha dekabrda jang qilishim bo‘yicha hech qanday yangilik yo‘q”, deydi Jalolov.

Shunindek, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Fyuri-Ngannu bahsida kim tarafda bo‘lganini ham aytib o‘tdi.

“Bokschi bo‘lganim uchun Fyurini qo‘llab-quvvatladim, lekin Fyuri yaxshi formada emas. Ngannuga qarshi jang ham uning bor kuchini ko‘rsata olmaganini isbotlaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham u WBC chempioni va shunga yarasha jang qilishi kerak edi. O‘ylashimcha, Fyuri o‘z formasida emas yoki Ngannuga qarshi yaxshi mashg‘ulot o‘tkazmagan. Avvallari u juda yaxshi jang qilar edi. Fyuri kuchsizlanganini o‘sha kuni arenaga kelgan boshqa insonlar ham aytdi. Ngannuga ham 10 raundlik jang uchun alohida respekt”, deydi Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jalolov Saudiyada Ronaldu bilan ko‘rishgani va u bilan qisqa suhbat qurgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Bahodir Jalolov Fransis Ngannu Tayson Fyuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing