FVV sel xavfidan ogohlantirdi

Bu qiziq

image

Kecha, 1 fevral kuni O‘zgidromet 2-6 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining sezilarli o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 2 fevral kuni esa Favqulodda vaziyatlar vazirligi tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholini sel kelish xavfidan ogohlantirdi. 

“Sel xavfi tufayli tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz”, deyiladi vazirlikning Telegram sahifasidagi xabarda.

Shuningdek, vazirlik avvalroq qanday ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha o‘z tvsiyalarini ham keltirib o‘tgan.

  • “sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to‘g‘risida habar eshitgandan so‘ng darxol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;
  • sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin; 
  • sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta’minotining sozligini tekshirish zarur”, deyilgan vazirlik tavsiyasida. 


 


Maqola muallifi

Teglar

FVV sel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing