Futzal. Yevro-2022 turniri boshlandi

Sport

image

Kecha, 19 yanvar kuni futzal bo‘yicha Yevro-2022 musobaqasi boshlandi. Yevropa chempionati Amsterdam va Groningen (Niderlandiya) shaharlarida o‘tkaziladi.

Xalqaro turnir yangi formatda o‘tkaziladi. Turnirning yakuniy qismida to‘rt guruhga bo‘lingan holda 16 ta jamoa ishtirok etadi.

Har bir kvartet g‘oliblari va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar turnirning pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Guruh bosqichi. 1-tur

“A” guruhi: 
Serbiya 2:4 Portugaliya (Amsterdam)
Gollandiya 3:2 Ukraina (Amsterdam)

“B” guruhi: 
Qozog‘iston – Sloveniya (Groningen)
Italiya – Finlyandiya (Groningen)

“C” guruhi: 
Rossiya – Slovakiya (Amsterdam)
Polsha – Xorvatiya (Amsterdam)

“D” guruhi: 
Gruziya – Ozarbayjon (Groningen)
Ispaniya – Bosniya va Gersegovina (Groningen)

Ma’lumot uchun, musobaqaning amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi. Turnirning final uchrashuvi 6 yanvar kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Niderlandiya Futzal

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing