Futzal: O‘zbekiston FIFA reytingida keskin pastladi
Sport
−
11 Oktabr 2024 7570 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan futzal terma jamoalari reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 pog‘ona pastladi. Bu haqda tashkilot o‘z saytida xabar berdi.
Yangi reytingda o‘zbekistonlik futzalchilar 21-o‘rinni band etdi. Osiyo jamoalaridan Eron va Tailand ham ikki pog‘ona pastladi. Eronliklar hozirda 6-o‘rinni egallagan bo‘lsa, tailandliklar 11-o‘rinda qayd etildi. O‘zbekiston Osiyo jamoalari ichida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Reytingni amaldagi jahon chempioni Braziliya terma jamoasi boshqarmoqda. 2021 yilgi mundial g‘olibi hisoblanmish Portugaliya esa 2-o‘rinda qayd etildi. Toshkentda o‘tgan Jahon chempionati finalchisi Argentina terma jamoasi esa ikki pog‘ona yuqorilab, kuchli uchlikka kirib oldi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futzal terma jamoasining ispaniyalik murabbiyi Xose Venansio Lopes mundialdagi qoniqarsiz natija uchun ishdan olingani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025