Futzal bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekistonning qaysi shaharlarida o‘tkazilishi e’lon qilindi (video)

Sport

image

Futzal bo‘yicha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchrashuvlariga mamlakatning Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Futzal bo‘yicha jahon chempionati joriy yilning 14 sentyabridan 6 oktyabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak turnirga qur’a tashlash marosimi 26 may kuni Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda Tailand mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogida ishtirok etayotgan ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes murabbiyligidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi mezbon maqomida bo‘lganligi uchun mundialda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogida ikkinchi o‘yinini o‘tkazishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing