Futbolchilar “Kelajak bunyodkori” medalini qabul qilib oldi

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) rahbari Abdusalom Azizov Prezident farmoniga ko‘ra “Kelajak bunyodkori” medaliga loyiq ko‘rilgan bir qator futbolchilarga mukofotlarni topshirdi.

Kecha, 12 avgust kuni U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Eron o‘yinidan so‘ng, Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futbolchilar Abduqodir Husanov, Umarali Rahmonaliyev va Abbos Fayzullayev bilan uchrashib, ularga mukofotlarni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, U-23 O‘zbekiston jamoasi Osiyo chempionati saralashi doirasidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo‘l oldi. Temur Kapadze shogirdlari tez kunda Xanchjou shahrida o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida ham ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusalom Azizov Abbos Fayzullaev Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing